Yangi zelandiyalik deputat internet yulduziga aylandi (video)
Internetda deputatning noodatiy nutqi aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, ma’ruzachi 21 yoshli Xana-Raviti Maypi-Klark bo‘lgan. Bu uning parlamentdagi birinchi chiqishi edi.
OAV xabarlariga ko‘ra, qiz mahalliy maori xalqining vakili.
2023-yilning kuzida u Yangi Zelandiya parlamentiga saylangan va u mamlakat parlamentining so‘nggi 170 yildagi eng yosh deputati hisoblanadi.
U 2024-yilda hamkasblari bilan ona tilida gaplashganidan keyin mashhurlikka erishdi.
Xana-Raviti Maypi-Klark «Chaqmoq chaqdi, momaqaldiroq gumburladi va Koxangdan parlament tomigacha yomg‘ir yog‘di» qo‘shig‘ini ijro etgan.
Ta’kidlash kerakki, Yangi Zelandiya uchun bunday xatti-harakatlar odatiy holdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter