Yangi Zelandiya chekishni butunlay taqiqlash bo‘yicha muhim qadam qo‘ydi
Yangi Zelandiya 2004-yildan keyin tug‘ilganlarga chekishni to‘liq taqiqlash joriy etilmoqchi. Bu haqda Britaniyaning «The Guardian» gazetasi xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, hukumat tamaki mahsulotlarini sotib olishga ruxsat berilgan yoshni bosqichma-bosqich oshirib boradi va 2004-yildan keyin tug‘ilgan avlodga sigaret sotib olish butunlay taqiqlanadi. Bunday keskin chora orqali hukumat 2025-yilga kelib mamlakatda chekishni to‘liq tashlashga erishmoqchi.
Shuningdek, hukumat qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rib chiqmoqda: tamaki mahsuloti tarkibidagi ruxsat etilgan nikotin darajasini kamaytirish, filtrlarni taqiqlash, tamaki uchun minimal narxni belgilash va tamaki mahsulotlarini sotish joylarini cheklash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter