O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining o‘tgan haftadagi holatini ma’lum qildi.
Mol go‘shti 26 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 26000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotib olish mumkin.
Eng arzon narxlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 26000 so‘mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so‘m.
Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go‘shtini 28000 – 38000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Qo‘y go‘shti 28 000 so‘mdan 44 000 so‘mgacha
Poytaxt bozorlari orasida Chorsu dehqon bozorida qo‘y go‘shti nisbatan arzon. 1 kg. qo‘y go‘shti ushbu bozorda 28000 – 37000 so‘mgacha sotilmoqda. Qo‘yliq, Mirobod, Farhod dehqon bozorlarida 28000 – 38000 so‘m, Yunusobod dehqon bozorida 34000 – 40000 so‘mgacha sotilmoqda.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo‘y go‘shti 42000 – 44000 so‘m.
Tovuq go‘shti 12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy dehqon bozorida – 19000 – 20500 so‘m
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so‘m.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shti o‘rtacha 17000 so‘mdan sotilmoqda.
Guruch 4000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha
Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz arzonlashganini kuzatish mumkin.
Eng qimmat narx Navoiy shahri «Sahovat» MChJga qarashli markaziy dehqon bozori – 6000 – 13000 so‘m.
Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so‘m.
O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha
Eng arzon narxlar Farxod dehqon bozori – 8000 – 11000 so‘m.
Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so‘m.
Bu haftada o‘simlik yog‘i ko‘plab hududlarda biroz qimmatlashdi.
Un 1 500 so‘mdan 4 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati) – 4000 – 4500 so‘m.
Shakar 4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so‘m.
Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so‘m.
Tuxum 450 so‘mdan 700 so‘mgacha
Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o‘zgarishlar bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-700 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Kartoshka 1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha
Poytaxt bozorlarida 1 kg. kartoshkani o‘rtacha narxlarda 2000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2000 – 3000 so‘mgacha.
Piyoz 500 so‘mdan 1 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida – 500 so‘mdan 1000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni 1 500 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan 4000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so‘mdan sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter