Yangi Toshkentda joriy yilda 15 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi

Joriy yilda respublika bo‘yicha 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi hisob-kitob qilingan. Bu haqda Prezident Mirziyoyev ishtirok etayotgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, bunga qo‘shimcha 15 ming xonadon Yangi Toshkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yashil” energiyadan foydalaniladi.
Energiya barqarorligini ta’minlash uchun xususiy sheriklik asosida 100 megavatt-soat sig‘imli elektr saqlash quvvati o‘rnatiladi.
Yangi Toshkentdagi uylarni isitish va sovutish markazlashgan trigeneratsiya tizimi orqali bo‘ladi.
Barcha bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter