Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangi Toshkent»da 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi – Prezident   

«Yangi Toshkent»da 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratiladi – Prezident   

Ayn paytda bo‘lib o‘tayotgan «Yangi Toshkent» qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ushbu loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr balandda joylashgani, shaharga yaqinligi, o‘z iqlimi, bahavoligi va ikki daryo o‘rtasida joylashgani alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, hozirgi Toshkent 43 ming gektar xududni egallaydi. «Yangi Toshkent» loyihasi doirasida qo‘shimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.

Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi.

Ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo obyektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring