Qashqadaryodagi yangi tumanga hokim tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Qashqadaryo viloyati tarkibida Ko‘kdala tumani tashkil etildi.
Shuningdek, Jo‘rayev Xurram Abdurazikovich Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumani hokimi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Chiroqchi tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
Erkayev Nodir Xudoyberdiyevich Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlandi va shu munosabat bilan viloyat hokimining moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter