Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Qonunga bir qator to‘ldirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari yuridik shaxs shaklida ham, yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida ham ta’sis etilishi mumkin. Jismoniy shaxslar ommaviy axborot vositasining muassisi bo‘lganda tegishli shartnoma asosida o‘zi muassis bo‘lgan va/yoki boshqa ommaviy axborot vositalariga nisbatan tahririyat, muharrir, jurnalist, noshir, tarqatuvchi sifatida qatnasha oladi.

Qayd etilishicha, tahririyat ustavining nusxasi yoki uning o‘rnini bosadigan shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu ommaviy axborot vositasi birinchi marta e’lon qilingan (efirga berilgan) kundan boshlab uch oydan kechiktirmay yuborilishi lozim.

Hujjat bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalari faoliyati sohasidagi vakolatli organ etib belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring