Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi OAVning mansabdor shaxsdan intervyu olish haqidagi so‘rovi 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi

Endi OAVning mansabdor shaxsdan intervyu olish haqidagi so‘rovi 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi

Foto: «EU Neighbours»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan «O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasining asosiy qismlarini solishtirishda davom etamiz.

Avvalgi qonunning 35-moddasi: «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari shu organlarning rasmiy xabarlari va materiallarini, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarini e’lon qilishi shart.

Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi shoshilinch xabarlar yoki vakolatli davlat organlari tomonidan jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazish maqsadida berilgan xabarlar barcha ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Sudning aynan shu ommaviy axborot vositasida e’lon qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi bo‘lgan, qonuniy kuchga kirgan qarorini tahririyat sud qarorida ko‘rsatilgan muddatda bepul e’lon qilishi shart.

Ushbu moddaning birinchi-uchinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa har qanday axborot, xabar va e’lon tahririyat bilan tuziladigan shartnoma asosida e’lon qilinadi».

Ushbu qonuning yangi tahririda 351-band bilan alohida qo‘shimcha kiritilishi rejalashtirilmoqda: «Ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olish, shu jumladan, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkillash bo‘yicha so‘rovi yetti kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

Agar ommaviy axborot vositalarining so‘rovini ko‘rib chiqish davlat hokimiyati va boshqaruv organi vakolatlariga taalluqli bo‘lmasa, so‘rov ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch ish kuni davomida vakolatlari so‘ralayotgan axborotga tegishli bo‘lgan organga yuboriladi, ommaviy axborot vositalari esa bu xaqida xabardor qilinadi.

Ommaviy axborot vositasining so‘rovini rad etish hollari bo‘lgan taqdirda, asoslantirilgan javob yuboriladi».


Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun hali loyiha bo‘lib, u tasdiqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring