Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi shtammga qarshi yangi vaksina yaratiladimi?

Yangi shtammga qarshi yangi vaksina yaratiladimi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining aytishicha, koronavirusning «omikron» shtammiga qarshi yangi vaksina yaratishga hojat yo‘q, chunki amaldagi vaksinalarning bu shtammga qarshi besamarligi isbotlanmagan.

Ayni paytda dunyoda koronavirusning «omikron» shtammi shiddat bilan tarqalmoqda. Endi AQSh va Janubiy Koreya bilan birga jami 24 ta davlatda ushbu shtamm aniqlandi.

Shu sababli JSST epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli xavf guruhiga mansub odamlar, jumladan, 60 yoshdan oshgan hamda yondosh kasalligi mavjud kishilarga ommaviy tadbirlarda qatnashmaslik, aholi gavjum joylarga bormaslik hamda sayohatga chiqmay turishni tavsiya etmoqda.

«Omikron» qayd etilgan Janubiy Afrika mamlakatlari, xususan, JARda katta yoshli aholining to‘rtdan bir qismi hanuz emlanmagani uchun Xitoy 600 million doza vaksina yetkazib berishga qaror qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring