Yangi prezident Sandu: «Rossiya bilan munosabatlarda katta masalalar turibdi»
Moldovaning yangi saylangan prezidenti Mayya Sandu Bi-Bi-Si rus xizmatiga intervyu berdi.
U suhbatda Rossiya bilan yaxshi aloqalar o‘rnatishga, mamlakatning barcha fuqarolari, shu jumladan rusiyzabonlarning huquqlari uchun kurashishga umid qilishini va Dnestrbo‘yidagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aytgan.
«Moldova barcha mamlakatlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi, shu jumladan Rossiya bilan ham yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga umid qilinadi. Bizning ko‘plab fuqarolarimiz Rossiyada ishlaydi, biz ular uchun yaxshi sharoitlarni ta’minlashimiz kerak, Moldova eksportini blokirovka qilish masalasini hal qilishimiz kerak, pensiya ta’minoti to‘g‘risida bitim imzolamoqchimiz. Ya’ni, biz Rossiya bilan munosabatlarimizda oldinda katta masalalar turibdi», — deydi Mayya xonim.
Mayya Sandu g‘arbga moyil siyosati bilan tanilgan. «Dnestrbo‘yi inqirozini harbiy yo‘l bilan hal qilish mumkinmi?» degan savolga yangi prezident shunday javob berdi: «Yo‘q, harbiy kuch bilan muammo yechish niyatimiz yo‘q. Biz Dnestrbo‘yi mojarosiga siyosiy yechim izlaymiz va izlayapmiz».
BBCning ta’kidlashicha, Saylov kampaniyasi paytida Rossiya telekanallari Mayya Sanduni Ruminiya bilan birlashish, rus maktablarini taqiqlash va 9 may bayramini bekor qilish niyatida ayblagan. Moldovaning yangi prezidenti esa bu kabi da’volarga nisbatan salbiy fikrda ekanligini aytib o‘tgan. Yangi prezidentning asosiy maqsadi fuqarolar o‘rtasida tinchlikni ta’minlash ekanligi qayta-qayta tilgan olgan.
Sanduning fikriga ko‘ra, Yevropaning rivojlanish modeli mamlakatga ko‘proq mos keladi va prezident sifatida mamlakatda liberal-demokratiya hukmron bo‘lishini istaydi. Yevroparlamentda u haqida «Moldova halqining yangi umidi» deya tarif berishgan. Shuningdek, Sandu Moldovaning kelajakda Ruminiya bilan birlashish niyati yo‘qligini ham aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter