Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi ochilgan metro yo‘nalishi 1-yanvargacha bepul bo‘ladi

Yangi ochilgan metro yo‘nalishi 1-yanvargacha bepul bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

26-dekabr soat 16:00dan boshlab Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishi xizmat ko‘rsata boshladi. 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmatining xabar berishicha, yo‘nalish ishga tushgandan boshlab 2021-yil 1-yanvar soat 8:00 ga qadar ushbu yo‘nalishda yangi ochilgan «Bekat-1», «Bekat-2», «Bekat-3», «Bekat-4», «Bekat-5» stansiyalarida harakatlanish bepul bo‘ladi. 

Bepul harakatlanish faqat yangi Sirg‘ali liniyasida amal qiladi. Agar yo‘lovchi Chilonzor yo‘nalishidan (Olmazor bekatidan ham) harakatlansa yo‘l haqi to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring