Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

15-martdan yangi narxlar belgilanadi

15-martdan yangi narxlar belgilanadi

Foto: «Depositphotos»

«O‘zbekiston pochtasi» AJ  Moliya vazirligi bilan kelishuvga asosan 2018-yil 15-martdan boshlab pochta aloqasining universal xizmatlariga yangi tariflar belgilanadi.

20 grammgacha bo‘lgan pochta jo‘natmalari O‘zbekiston Respublikasi hududi ichida jo‘natish uchun quyidagi tariflar o‘rnatilgan:

  • Oddiy xat-xabarlar – 650 so‘m.
  • Buyurtmali xat-xabarlar – 1300 so‘m.
  • Oddiy banderol – 650 so‘m.
  • Oddiy mayda paket(100 grammgacha) – 800 so‘m.

Pochta aloqasi tariflari va xizmatlarining to‘liq ro‘yxati bilan barcha pochta aloqasi korxonalarida, bo‘limlarida va «O‘zbekiston pochtasi» AJ rasmiy saytida tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring