Yangi holatlarning asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda

2020-yil 9-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 464 (+267) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 247 nafari Toshkent shahrida, 11 nafari Andijon viloyatida hamda 9 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak) hamda Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 497 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 21 813 (+497) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter