«Atom» brauzeri chiqarildi. Afzalligi nimada?
«Mail.Ru Group» foydalanuvchilarning xavfsizligi va daxlsizligi «birinchi plan»ga chiqarilgan yangi — «Atom» brauzerini chiqardi.
Aytilishicha, «Atom» brauzerida asosiy oynadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan maxsus xavfsizlik paneli bor: unda qaysi saytga nimalarga ruxsat etilganini tekshirib ko‘rish mumkin.
Masalan, bu brauzerda kameradan, mikrofondan foydalanishni yoki reklamani blokirovka qilish mumkin.
Bu hammasi emas: agentlik qo‘shimcha qilishicha, «Atom»da inkognito (maxfiy ishlash) rejimi ham bor.
Ayni paytda brauzer beta-test jarayonidan o‘tmoqda. Ishlab chiqaruvchi undagi RCE-zaiflikni topganga 1 million rubl mukofot puli va’da qilgan.
Agar qiziquvchilar bo‘lsa, «Atom» mana bu havolada joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter