Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishonchnoma berish xizmati ishga tushdi

Yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishonchnoma berish xizmati ishga tushdi

Фото: «Xabar.uz»

My.gov.uz da yana bir xizmat yangi imkoniyatlari bilan ishga tushirildi.

Endilikda yuridik shaxslar O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilgan «Chevrolet» brendi ostidagi yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ishonchli vakil uchun ishonchnomani my.gov.uz orqali elektron rasmiylashtirib,  navbatdagi davlat raqam belgisi va «texpaspor» uchun to‘lovlarni ham masofadan amalga oshirishlari mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanishda yuridik shaxslar quyidagi ma’lumotlarni to‘ldirsa kifoya:

  • Yangi avtotransport vositasining shartnoma raqami;
  • Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxsning ishonchli vakili ma’lumotlari.

Ariza bosqichlari yakunida avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2 ta to‘lov shakllanadi (Davlat raqam belgisi hamda texpasport uchun).

To‘lovlar amalga oshirgach, ma’lumotlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi.

Yakuniy natijada ishonchli vakil uchun QR kodli ishonchnoma shakllanadi.

Endi ishonchli vakil Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining istalgan bo‘limiga tashrif buyurishi mumkin. U yerda inspektor tomonidan avtotransport vositasi ma’lumotlari arizadagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi.

Shundan so‘ng avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texpasport) hamda Davlat raqam belgisi taqdim etiladi.

Eslatilishicha, ushbu xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan. Unga doir takliflarni xizmatning istalgan qadamida qoldirish mumkin.

Mazkur xizmat auksionda yutib olingan va muzlatib qo‘yilgan davlat raqam belgilarini yangi avtotransport vositasiga rasmiylashtirish uchun tatbiq etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring