Yana Samarqand. Haydovchi va konduktorlar mushtlashishdi
Samarqand shahrida yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchilari va konduktorlari ishtirokida janjal sodir bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 16:30da Samarqand shahar Daxbed-Rudakiy ko‘chalari kesishmasida yo‘nalishli harakatlanuvchi 64-sonli avtobus konduktori Q.J. va 52-sonli yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchisi M.E. va ushbu avtobus konduktori o‘rtasida janjal yuz bergan.
Qayd etilishicha, ular yo‘lovchi olish bo‘yicha o‘zaro tortishib qolgan. Janjal davomida tomonlar bir-birlariga tan jarohatlari yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqandda avtobus haydovchilarining janjalidan so‘ng ulardan biri fojiali tarzda halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter