Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)

Yana Oqto‘ba! O‘zbekistonlik fuqarolar YTHga uchradi (video)

O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchi transporti Oqto‘badan Xromtaugacha bo‘lgan yo‘lda halokatga uchradi. Jabrlanganlar bor. Bu haqda Oqto‘ba viloyatining ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Politsiya bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 25-fevral kuni soat 20:40 da Samara — Chimkent yo‘lidagi Yoziq qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

«Mercedes» avtobusining 35 yoshli haydovchisi Xromtau yo‘nalishida Oqto‘ba tomonga harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan», deydi politsiya.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 7 nafar yo‘lovchi Xromtaudagi markaziy shifoxonaga turli jarohatlar bilan yetkazilgan. Avtobusda jami 25 nafar yo‘lovchi bor edi.

Mazkur holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismiga muvofiq tergov ishlari boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring