Yana ikki tumanga hokim tayinlandi
Matnazarov Zafarbek Bahadirovich Xorazm viloyatining Yangiariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Z. Matnazarov 1986 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Baymuratov Anvar Maxsetovich Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qorao‘zak tumani hokimi etib tayinlandi.
A.Baymuratov faoliyati davomida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. U bugungi kunga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter