Yana bir tumanga ayol hokim tayinlandi
![Yana bir tumanga ayol hokim tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/5/2/720_460_95_520364280.jpg)
Sadbarxon Mamitova
O‘zbekistonning yana bir tumanida ayol hokim ish olib boradigan bo‘ldi.
«Yuksalish» umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Sadbarxon Mamitova Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga hokim etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Sirdaryo viloyatining Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, shuningdek, Buxoro viloyatining Olot tumaniga Nargiza Ne’matova hokim etib tayinlanishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter