Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir soha xodimlarining maoshi oshadi

Yana bir soha xodimlarining maoshi oshadi

Foto: «Xabar.uz»

«Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (135-son, 09.03.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II  va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.

Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgardi.

Foto: «Huquqiy axborot»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring