Yana bir polvonimiz JCh finaliga chiqdi!
Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatida o‘zbek dzyudosi tarixida yangi sahifa ochilmoqda.
-100 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Muzaffarbek To‘raboyev ham finalga yo‘l oldi. Finalga qadar u gruziyalik, kanadalik va niderlandiyalik nomdor raqiblarini mag‘lub yetdi.
To‘raboyev kechki dasturda oltin medal uchun Kanada terma jamoasining yana bir vakili Kayl Rays bilan kurashadi.
E’tiborlisi, hali hech qachon bir jahon chempionatida ikki nafar vakilimiz finalga chiqmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Davlat Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatini yengib, chempion bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter