Yana bir milliarderning qimmatbaho yaxtasi hibsga olindi

«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta yelkanli kema hisoblanadi
Italiya moliya gvardiyasi rossiyalik tadbirkor Andrey Melnichenkoning «A» yaxtasini hibsga oldi, deb xabar bermoqda a Repubblica. Uning narxi 530 million yevroga baholangan.
«A» yaxtasi – dunyodagi eng katta yelkanli kema hisoblanadi. Kema mashhur fransuz dizayneri Filipp Stark tomonidan ishlab chiqilgan. Yaxta 2008 yilda Germaniyaning Kil shahrida foydalanishga topshirilgan.
Melnichenko Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti natijasida 9 mart kuni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Forbesning eng boy odamlar reytingida u Rossiyada to‘qqizinchi va dunyoda 165-o‘rinda (11,6 milliard dollar), Bloomberg reytingi bo‘yicha esa Rossiyada ikkinchi va dunyoda 66-o‘rinda (21,4 milliard dollar) qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonovning yaxtasi hibsga olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter