Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir mamlakat Yelizaveta II hukmronligidan voz kechdi

Yana bir mamlakat Yelizaveta II hukmronligidan voz kechdi

Foto: «Radiosputnik.ria.ru»

Barbados parlamenti respublikaga aylanishini va Britaniya toji hukmronligidan chiqib ketishini e’lon qildi.

Barbados Parlamenti konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bundan buyon Karib dengizi mamlakatiga boshchilik qilmaydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Deputatlar kiritilgan tuzatishlarni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

30-noyabr — Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan 55 yilligi munosabati bilan Barbados monarxiyaga asoslangan boshqaruv shaklini respublika boshqaruv shakliga o‘zgartiradi.

Barbados bosh vaziri Mia Mottlining so‘zlariga ko‘ra, respublikaga o‘tish bo‘yicha muzokaralar 23 yil oldin boshlangan, shuning uchun bugungi qaror o‘ylab qilingan.

«Bu gap 1998-yil dekabrdan beri davom etmoqda», – deb tushuntirdi u.

Mottli tashabbusni oddiy, ammo «funksional qonun loyihasi» deb hisobladi, chunki Konstitutsiyaga o‘zgartirish faqat davlat maqomini o‘zgartirish va Yelizaveta II ga bo‘ysunishdan bosh tortishni nazarda tutadi, lekin qolgan holatlarda Asosiy qonun o‘zgarmasdan qoladi.

Kelgusida Barbadosda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Barbadosda 280 mingga yaqin odam yashaydi. Ushbu Karib dengizi davlati 1966-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishgan, lekin Britaniya monarxiyasi bilan rasmiy aloqasini saqlab qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring