Yana bir aksiyada yutilgan avtomashina egasiga berilmagani oshkor bo‘ldi
Bugun turli aksiyalarda yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rib, kuzatib turibmiz. Katta yutuqlarni qo‘lga kiritganlarga «Omadini bersin», deymiz. Ammo o‘tkazilayotgan turli aksiyalarda «o‘yinlar» ham bisyor...
Samarqand shahridan kelgan murojaatga e’tiboringizni qaratamiz. Yurtdoshimiz Doniyor Zubaydov avgust oyida Samarqand shahridagi «Samsung» do‘konidan «Huawei» smartfonini harid qilgan. Do‘konda «UNIQUE MARKETING GROUP» MChJ tomonidan aksiya o‘tkazilayotgan bo‘lib, haridor kupon to‘ldirgan. 15 kundan so‘ng Doniyor Zubaydovga qo‘ng‘iroq qilishib, «Neksiya 3» rusumli avtomashina yutgani to‘g‘risida xabar berishgan. So‘ngra 20 sentyabrda «Zo‘r» TV kanalida chiqishini aytishgan. Oradan vaqt o‘tishiga qaramay ushbu yurtdoshimizga aksiyadan yutgan avtomobili berilmay kelayotgan edi. Bundan qattiq norozi bo‘lgan fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Qilingan sa’y-harakatlar sabab yurtdoshimizga «Neksiya 3» avtomashinasi tezkorlik bilan olib berildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi
matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter