Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 15 yildan so‘ng Shimoliy muz okeanining faqat nomi qoladi

Yana 15 yildan so‘ng Shimoliy muz okeanining faqat nomi qoladi

Arktika muzliklari yildan-yilga erib boryapti.

Foto: «Getty Images»

Britaniyalik iqlimshunos olimlar 2035-yilga borib Arktika (Shimoliy muz okeani ham shuning ichida) muzliklari butunlay erib bitishidan ogohlantirishmoqda. Ushbu tadqiqot «Nature Climate Change» jurnalida yoritildi.

Sayyoramiz shimoliy qismining Yerda oxirgi marta global isish yuz bergan 125 ming avvalgi holati bilan solishtiruvlar shundan dalolat bermoqda.

«Global isish ta’sirida Arktika jiddiy o‘zgarishlarni boshdan o‘tkazayotganidan xabardormiz. <...> Atigi 15 yildan so‘ng, 2035-yilda Arktika muzliklari tamomila tugab bitishi ehtimolining o‘ziyoq insoniyatni, fursatni boy bermay, global isishga qarshi faolroq kurashga undashi shart», — dedi maqola mualliflaridan biri, britaniyalik paleoklimatolog Luiza Saym.

Global isish — bor narsa, buni qayta-qayta takrorlayotgan dunyo iqlimshunoslari agarda harorat o‘sishi 1,5 darajada saqlanib qolaversa, sayyoramiz qiyofasini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkinligini maqolada ko‘rsatib o‘tishgan.

Tadqiqot mualliflari muammoga dunyoning eng katta siyosatchilari e’tiborini tortib, ularni iqlim o‘zgarishlariga qarshi faolroq kurashishga chorlashmoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida Arktikada butun kuzatuvlar tarixidagi eng kam muzlik qayd etildi. Arktikada joylashgan Shpitsbergen arxipelagida esa olimlar meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq +22 daraja haroratni ro‘yxatga olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring