Yerning tabiiy kuchlari Antarktida muzliklarini saqlab qolishi mumkin
Kanadaning Makgill universitet olimlari aniqlashlaricha, Yerning tabiiy kuchlari dunyo okeani suv sathining ko‘tarilish jarayonini sekinlashtirishi mumkin ekan, faqat buning uchun yaqin o‘n yillarda issiqxona gazlarini chiqarish qisqartirilishi shart. Tadqiqot natijalari Science Advances (SciAdv) ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqotchilar Antarktika mintaqasini, qutb muz qalqonining ostidagi yer bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganishdi.
«Agarda issiqxona gazlari ajralishi tez qisqarib, global isish cheklansa va muzliklarning yana bo‘y cho‘zishiga erishilsa, bu holat ularning okeanga sirpanish jarayonini susaytiradi. Natijada muz massasi yo‘qolishi yo‘lida tabiiy tormoz paydo bo‘ladi. Yanayam aniqroq aytganda, bunday dinamika Antarktidaning dunyo okeani suv sathi ko‘tarilishiga hissasini 40 foizga cheklaydi», — deyiladi tadqiqotda.
Ushbu tadqiqot iqlim o‘zgarishlarining dengiz sathi ko‘tarilishiga ta’sirini yaxshiroq prognoz qilish va atrof-muhitni himoyalash borasida samaraliroq siyosat ishlab chiqishga ko‘maklashishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter