Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaman AQSh va Buyuk Britaniyadan o‘ch olishini e’lon qildi

Yaman AQSh va Buyuk Britaniyadan o‘ch olishini e’lon qildi

Yamanning «Ansor Alloh» hutiy guruhi mamlakatga bergan ommaviy zarbalari uchun AQSh va Buyuk Britaniyadan o‘ch olishga va’da berdi.

«Mamlakat yirik hujumga uchradi. Shak-shubhasiz, London va Vashington bu tajovuzning barcha dahshatli oqibatlari uchun og‘ir badal to‘lashiga to‘g‘ri keladi», deb yozdi Yaman tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn al-Ezzi X ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh va Buyuk Britaniyaning samolyotlari hamda harbiy kemalari juma kuniga o‘tar kechasi Yamandagi hutiylar guruhiga zarba berishni boshladi, ular Eron ko‘magida yaqinda Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qilgandilar.

Yaqin Sharq matbuotining yozishicha, zarbalar, xususan, port shahri Hudeyda va Yaman poytaxti Sanadagi nishonlarga berilgan. Maqsad - hutiylarning o‘quv bazalari va qurol-yarog‘ omborlari, xususan, kamikadze dronlarini yo‘q qilish bo‘lgan.

AQSh rasmiylari husiylarga qarshi kampaniya boshlangani haqidagi ma’lumotni tasdiqladilar.

Yaman hutiylari vakillari shu kechada AQSh va Britaniya zarba bergan bir qancha nishonlarni ma’lum qildi. Bunga quyidagilar kiradi:

  • Saada viloyatidagi Kahlan harbiy bazasi
  • Yaman poytaxti Sana shimolidagi Al Dailami aviabazasi
  • Qizil dengizdagi Hudayda shahri aeroporti hududi
  • Taiz shahri aeroporti va Yamanning janubi-g‘arbiy burchagidagi Taiz gubernatorligidagi boshqa joylar
  • Abbs aeroporti.

Britaniya qirollik havo kuchlari o‘z samolyotlari ikkita nishonga zarba berganini e’lon qildi, ulardan biri Abbs yaqinidagi aerodrom edi. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, hutiylar undan qanotli raketalar va dronlarni uchirgan.

Ikkinchi nishon Bani shahridagi majmua bo‘lib, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, u yerdan razvedka va uchuvchisiz uchoqlar uchirishda foydalanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring