Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab qulay ob-havo bo‘lishi kutilyapti
Dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Bugun va ertaga kichik gradiyentli yuqori bosimli maydon ob-havo sharoitini belgilaydi. Respublikamizda kam bulutli ob-havo ustun bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor.
Harorat kunduz kunlari 35-40° ni tashkil etadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shanba kuni ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi.
Yakshanba kuni Rossiyaning Yevropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatimizning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat me’yordan 2-4° past bo‘ladi va kechasi 15-18°, kunduzi 29-32°, janubda 34-37° atrofida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter