Yakkasaroy hokimligining bosh yuriskonsulti qo‘lga olindi
Tadbirkorning 1 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yuriskonsult ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yakkasaroy tuman hokimligining bosh yuriskonsulti B.N. “B.S.” MChJ tomonidan ochilgan do‘konning egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan ko‘rilayotgan apellyasiya ishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni 1 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 500 AQSh dollarini ishni boshlash bahonasida qo‘lga kiritib, qolgan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter