Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘dagi YPX xodimlari va haydovchi o‘rtasidagi janjalga munosabat bildirildi

Yakkabog‘dagi YPX xodimlari va haydovchi o‘rtasidagi janjalga munosabat bildirildi

Foto: YHXB axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda 15-fevral kuni Yakkabog‘ tumanida YPX xodimlari haydovchiga nisbatan kuch ishlatgani tasvirlangan video tarqaldi. YHXB axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2022-yil 15-fevral kuni soat 09:30 larda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani, Amir Temur ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Karimov «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchisi xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi uchun unga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan.

Haydovchi ishoraga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi to‘xtatilgan. YPX xodimlari tomonidan qoidabuzarligi bo‘yicha tushuntirishlar berilishiga qaramasdan, haydovchi inspektorlarga faol qarshilik ko‘rsatib, atrofdagilarning ham e’tiborini mazkur vaziyatga jalb etgan. Shundan so‘ng shu atrofdagi ayrim fuqarolar YPX xodimlarining o‘z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit bergan, deyiladi YHXB axborot xizmati xabarida.

Haydovchiga nisbatan YPX xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 125-moddasi 1-qismi, 194 hamda 195-moddalari tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, atrofda bo‘lgan, xodimlarning o‘z xizmat faoliyatini bajarishiga xalaqit bergan fuqarolar yuzasidan ham surishtiruv olib borilib, to‘plangan hujjatlar o‘rganib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumani sudiga yuborilishi choralari ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring