Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlagan shaxs qamoqqa olindi

Arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlagan shaxs qamoqqa olindi

Foto: Bosh prokuratura.

Joriy yilda jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tarixiy yodgorliklarni buzish, shikast yetkazish va nobud qilish uchun javobgarlik choralari jiddiy ravishda kuchaytirilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Mazkur qonun mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida keng yoritilgan bo‘lishiga qaramay, madaniy meros ob’yektlariga shikast yetkazish holatlari davom etmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Jumladan, Qashqadare viloyati, Yakkabog‘ tumani, Darxon mahallasida yashovchi R.O. mas’ul idoralarning bir necha bor ogohlantirishiga qaramasdan, ushbu hududda joylashgan «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib, undan chiqqan tuproqni sotib yuborib, madaniy merosga 47,5 mlrd. so‘mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan 2022-yil 15-avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros ob’yektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudning ajrimi bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring