Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizning fotosuratlarini qo‘lga kiritgan yigit tovlamachilik ustida ushlandi

Qizning fotosuratlarini qo‘lga kiritgan yigit tovlamachilik ustida ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro B.H «A.B.» ismli qizning shaxsiy fotosuratlari va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘lga kiritib, ushbu fotosuratlarni o‘zining «Telegram»  profiliga joylab qo‘yadi.

Shu tarzda uning shaxsiy hayot daxlsizligini buzib, surat va videolarni tarqatib yubormaslik evaziga qizdan 10 mln so‘m talab qilib, ushbu pullarni kursdoshi Sh.T. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring