«Yakkabog‘ voqeasi» yuzasidan ishchi guruhi tuzildi. Nizoli bog‘ maydoni qaytariladi
Ijtimoiy tarmoqlarda erkak bir necha ayolning ustiga benzin sepib, yoqib yuborishga uringani aks etgan video tarqalgani haqida xabar berilgandi.
Yuzga bergan voqelikka Bosh prokuratura oydinlik kiritdi. Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 14.01.2019 yildagi 14-sonli Qaroriga asosan yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida Yakkabog‘ tumani «O‘rta» MFY «Xusn» qishlog‘i hududidagi 8 ta fermer xo‘jaligiga tegishli 11,5 gektar yer maydoni tuman hokimining 24.01.2019 yildagi qarorlariga asosan zahira yer fondiga qaytarilgan.
Hokimning 27.07.2019 yildagi H-4696/07-sonli qarori bilan mazkur 11,5 gektar yer «Asqarov Muzaffar Jabborovich» fermer xo‘jaligiga maydoni qo‘shimcha ajratib berilgan.
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan 27.01.2020 yilda «Asqarov Muzaffar Jabborovich» fermer xo‘jaligiga yer maydonidagi olma va boshqa daraxtlar zamburug‘ va boshqa kasalliklarga chalinib, yaroqsiz holga kelganligi sababli daraxtlarni buzib, o‘rniga intensiv bog‘ barpo etish bo‘yicha yozma tavsiya berilgan.
Shunga ko‘ra, «Asqarov Muzaffar Jabborovich» fermer xo‘jaligi 14-fevral kuni samarasiz bog‘ni buzishni boshlagan, 29-fevral kuni soat 13 larda bog‘ni buzish davom ettirilayotgan vaqtda «Xusn» qishlog‘ida yashovchi bog‘ning sobiq egalari T.Omonov, M.Mansurov va boshqalar tayoq va tosh bilan bog‘ni buzishga qarshilik ko‘rsatgan.
Janjalda ishtirok etayotgan ayollar 20 litrlik yelim idishdagi 5 litrlar chamasidagi dizel yoqilg‘isi qoldig‘ini haydov traktori ustiga sepmoqchi bo‘lganlar, haydovchi B.Normo‘minov yelim idishni ayollardan tortib olib, yoqilg‘i qoldig‘ini to‘kayotganida u qarshilik ko‘rsatayotgan O‘.Burxonovaning ham ustiga to‘kilgan.
Haydovchi voqea joyidan ketganidan keyin T.Omonov va boshqalar tarqalishgan.
Hodisa yuzasidan tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig‘i yer nizosi ishtirokchilari bilan uchrashib, «Asqarov Muzaffar Jabborovich» fermer xo‘jaligi rahbariga bog‘ni buzishni vaqtinchalik to‘xtatib turish va yerga egalik huquqi masalasi qayta ko‘rib chiqilishi tushuntirilgan, taraflar tushuntirishdan qanoatlanganlar.
Hozirda, Viloyat prokuraturasi va hokimligi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Yakkabog‘ tumanidagi 29.02.2020 yildagi voqea holatlari hamda yerga oid qonunchilik ijrosi ahvoli joyida o‘rganilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganish davomida «Asqarov Muzaffar Jabborovich» fermer xo‘jaligi rahbari ixtiyoriy ravishda nizoli 11,5 gektar yerdan 8,2 gektarini tuman hokimligi zahirasiga qaytarish xususida bergan arizasi asosida 02.03.2020 yilda tuman hokimining yer maydonini zahiraga olish to‘g‘risidagi qarori loyihasi tayyorlangan.
Mazkur holat tuman IIBdagi jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobida kirimga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter