Yakkabog‘ hokimi va prokurori ishdan ketdi, yongan o‘rinbosarga jinoiy ish ochildi
Yakkabog‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mansur To‘ymayev tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli savdo va maishiy xizmat uyini noqonuniy ravishda buzishga bo‘lgan xatti-harakati o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rganish xulosalariga ko‘ra, tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Hokim o‘rinbosari Mansur To‘ymayev o‘z vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
2019-yil 20-iyul kuni Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev «Hisor Sarlochin» MChJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963- yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, M.T.ning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgandi.
Biroz avvalroq esa Yakkabog‘lik tadbirkor, tuman hokimi o‘rinbosari Mansur To‘ymayevga benzin sepib yoqib yuborgan Bahriddin Isomovning do‘koni buzilmasligi ma’lum qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter