Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqarildi

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq quyidagilarning soliqlar, penyalar, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari bo‘yicha hisoblangan qarzlaridan voz kechildi (hisobdan chiqarildi):
- 2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar va 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar.
Qarzdan voz kechilishi uchun mazkur shaxslar 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklashi yoki davlat ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyatni davom ettirishi lozim bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter