Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portal 2020-yilda: qisqa fakt va raqamlar (video)

Yagona portal 2020-yilda: qisqa fakt va raqamlar (video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 2020-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobotini taqdim etdi. Portal o‘tgan yili taqdim etgan muhim xizmatlar va qulayliklar — qisqa fakt va raqamlarda. 

MyGov

Yagona portal o‘tgan yilda yo‘lga qo‘yilgan eng muhim qulayliklardan biri — MyGov mobil ilovasining ishga tushirilishi bo‘ldi.

Mobil ilova foydalanuvchilari soni 30 000 dan oshdi.

MyGov bu:

  • uy-joy kommunal xizmati;
  • soliqlar;
  • tadbirkorlik;
  • ijtimoiy ta’minot;
  • bojxona;
  • transport;
  • adliya

kabi sohalar xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkoniyati.

Ilovada profil ma’lumotlarini ko‘rish va o‘zgartirish, ariza holatini bilish va ko‘chmas mulkni qo‘shish imkoniyatlari ham mavjud.

MyGov ilovasini yuklab oling:

AppStore: http://bit.ly/MyGovUZ

Google Play: http://bit.ly/MyGovUZB

Telegram chat-bot

2020-yili portalning qayta aloqa xizmati Telegram messenjerida chat-bot (@myGovUzSupportBot) ko‘rinishida ishga tushirildi.

Yil davomida ushbu xizmatga murojatlar soni 31 000 tadan oshdi.

PaySys

Bank kartasini shaxsiy kabinetga ulash imkonini beruvchi PaySys to‘lov tizimi joriy etildi.

Yagona interfeys

Portaldan foydalanish Yagona interfeys ostida yanada osonlashdi: qulay navigatsiya, tahlil uchun ko‘proq statistik ma’lumotlar.

Call-Markaz

Yagona portal orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelgan savollarga javob berish maqsadida Call-Markaz (1242; +99871 202-22-02) ishga tushirildi.

Elektron davlat xizmatlari va «O‘zbekiston pochtasi»

«O‘zbekiston pochtasi»ning viloyatlardagi olis tumanlarda joylashgan pochta bo‘limlarida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

10 millionga yaqin arizalar

2020-yilda 9,8 millionta ariza Yagona portal orqali yuborildi. Bu arizalarning 90 foizi davlat tashkilotlari tomonidan o‘z muddatida qayta ishlangan.

50 dan ortiq yangi xizmatlar

Yagona portal tomonidan 2020-yil davomida 50 dan ortiq yangi xizmatlar ishga tushirildi.

185 mingdan ziyod yangi foydalanuvchilar

2020-yilda davlat xizmatlari yangi bosqichga ko‘tarildi — yangi foydalanuvchilar soni 185 ming nafardan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring