Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona nomzod Guterrish ikkinchi muddatga tayinlandi

Yagona nomzod Guterrish ikkinchi muddatga tayinlandi

Foto: «Iines.org»

BMT Bosh kotibi Guterrish ikkinchi muddatga ham nomzodini qo‘ymoqchiligi haqida xabar bergandik.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi ikkinchi marta tashkilotning bosh kotibi etib Antoniu Guterrishni tayinladi, uning ushbu lavozimi keyingi muddati 2022-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabriga qadar davom etadi, deya e’lon qildi BMT Bosh assambleyasi raisi Volkan Bozkir.

«Bosh assambleya rezolyusiyani akklamatsiya yo‘li bilan qabul qilmoqchi. Qaror qabul qilindi. Janobi Oliylari Antonio Guterrish 2022-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrigacha ikkinchi muddatga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib tayinlanganini e’lon qilish sharafiga muyassar bo‘ldim», — dedi Bozkir.

Juma kuni qabul qilingan rezolyusiyada BMT Bosh assambleyasi Guterrishni 2022-yil 1-yanvardan 2026-yil 31-dekabrigacha bo‘lgan muddatga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib tayinladi.

Guterrish bosh kotib lavozimiga yagona nomzod edi. Birinchi marta bu lavozimni u 2017-yil 1-yanvarda qabul qilib olgan. Tashkilotning bosh kotibi besh yillik muddatga saylanadi.

Guterrish BMTning to‘qqizinchi Bosh kotibi hisoblanadi. Tryugve Li (Norvegiya) jahon tashkilotining birinchi bosh kotibi bo‘lgan. Undan keyin ushbu lavozimni Dag Xammersheld (Shvetsiya), U Tan (Myanma), Kurt Valdxaym (Avstriya), Xaver Peres de Kuelyar (Peru), Butros Butros-Gali (Misr), Kofi Annan (Gana), Pan Gi Mun (Janubiy Koreya) egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring