«Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi
«Yagona elektron FHDYo arxivi» shakllantiriladi. Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, bu Vazirlar Mahkamasining joriy yil sentyabr oyidagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda.
2018-yil oktyabr oyidan boshlab Davlat xizmatlari agentligining barcha hududiy boshqarmalarida arxivarius lavozimi joriy etiladi. Arxivarius FHDYo bo‘linmalaridagi hujjatlarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazgan holda, keyinchalik «Yagona elektron FHDYo arxivi» axborot tizimi bilan integratsiyalash uchun yagona arxiv fondini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.
Mazkur FHDYo arxivida saqlanayotgan barcha yozuvlarni 2022-yilning 1-yanvariga qadar raqamli ko‘rinishga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter