Xususiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchi viloyatlar nomi ma’lum qilindi

Qaysi hududda xususiy korxonalarning soni ko‘p? Davlat statistika qo‘mitasi bu bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etdi.
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga jami tadbirkorlik sub’yektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 394 234ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 88 855 tani (22,5 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Toshkent shahrida – 12 779ta;
• Farg‘ona viloyatida – 10 523ta;
• Qashqadaryo viloyatida – 9 015ta;
• Namangan viloyatida – 7 173ta;
• Surxondaryo viloyatida – 6 991ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlandi:
• savdoda – 33 457ta;
• sanoatda – 16 007ta;
• qurilishda – 7 818ta;
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 725ta;
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 618ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter