Xurrak otish xavflimi?
Oddiy xurrak odamning o‘ziga emas, faqat atrofdagilarga noxushlik tug‘diradi, deydi mutaxassislar. Xurrak apnoe (uxlayotganda nafas to‘xtashi) bilan birga kelganda xavfli tus oladi: bu yurak-qon tomir tizimi uchun stress hisoblanadi. Chunki bunday uyqu vaqtida yurak dam olmaydi, aksincha, qo‘shimcha yuklama bilan ishlay boshlaydi. Uyqu esa yuzaki bo‘ladi. Bunday odam uyqusizlikdan qiynalayotgan odamdan ko‘ra ko‘proq uyquga to‘ymaslikdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, unda asoratlar (arterial gipertoniya, xotira susayishi va hokazo) tezroq zo‘rayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter