Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

XTV qizil galstuk masalasiga siyosiy tus berilmasligini so‘radi

XTV qizil galstuk masalasiga siyosiy tus berilmasligini so‘radi

Foto: XTV

Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab o‘quvchilariga qizil galstuk taqdirilgani mavzusi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan XTV matbuot xizmati rasmiy izoh bildirdi.

«Maktab ma’muriyati maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlang‘ich sinflarga erkaklar galstukining qizil rangini, katta sinflarga ko‘k rangini taqish tanlangan.

Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan, oq ko‘ylak, to‘q ko‘k shimda kelishi zarurligi aytilgan.

Mazkur masalani siyosiy tus bermaslikni so‘raymiz»,— deya ta’kidlagan XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring