Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xovosda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi

Xovosda zamonaviy oziq-ovqat sanoat texnoparki tashkil etiladi

Sirdaryo viloyati Xovos tumani Yangiyer MFY hududida 10 gektar maydonda «Xovos oziq-ovqat sanoat texnoparki» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Sanoat texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:

- import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlarni ishlab chiqarish;

- xorijiy davlatlar bozorlariga qayta ishlangan tayyor mahsulotlar eksport qilish;

- xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish va boshqa manbalar hisobiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash hamda jamg‘arishni tashkil etish;

- meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, shuningdek, bojxona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlashtirish va boshqa xizmatlarni amalga oshirish;

Qayd etilishicha, 2023-2025-yillar davomida sanoat texnopark faoliyati tijorat banklari, xorijiy moliya institutlari va investorlarning jalb qilingan va jalb qilinishi ko‘zda tutilgan 25 mln AQSh dollari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring