Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xovos tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Xovos tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

AKT vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev markazni ochib berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 27-oktyabr kuni Xovos tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Sirdaryo viloyatida shu paytgacha Mirzaobod, Sayxunobod tumanlari va Guliston shahrida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilgan edi.

Yuqoridagi markazlarga 300 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, 100 nafardan ziyodiga kurslarni bitirganlari to‘g‘risida sertifikatlar topshirilgan.

Xovosdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi zamonaviy kompyuter texnikasi, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi, qolaversa, kibersportni yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.

Markazda, shuningdek, tumandagi davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish maqsad qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring