Sergelida «Ay-Ti» markaz ochildi (foto)

Toshkent shahrining Sergeli tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.
«Besh tashabbus» loyihasini amalga oshirish doirasida respublikaning barcha hududlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.
Ushbu markazlar yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga ko‘maklashadi. Birinchi bosqichda barcha yoshlarga bepul ta’lim beriladi.
Shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan barcha fuqarolar «Ay-Ti» yo‘nalishida o‘qitilib, ularga sertifikat beriladi hamda ish taklif etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter