Xotin-qizlar qo‘mitasi og‘ir sharoitda yashayotgan ayollarga 6 mlrd. so‘mga yaqin yordam ko‘rsatdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan respublikadagi og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 8 588 nafar xotin-qizlarga 5 mlrd. 873 mln. so‘m moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bu haqda mazkur qo‘mita tomonidan 5 oylik yakunlar bo‘yicha tayyorlangan hisobotda ma’lum qilindi.
Unda aytilishicha, respublika bo‘yicha og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar jami 59 049 nafarni, shulardan, og‘ir turmush sharoitida nogironligi bor xotin-qizlar 21 205 nafarni, kam ta’minlangan xotin-qizlar 23 079 nafarni, ishsiz xotin-qizlar 16 145 nafarni tashkil etadi.
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordamlar soni jami 22 369 tani tashkil etib, shundan tibbiy yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlar 7 333 nafarni, bandligi ta’minlangan xotin-qizlar 7 700 nafarni tashkil etadi.
Xududlar kesimida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar tahlili bo‘yicha, Samarqand viloyatida 15 151 nafar, Qashqadaryo viloyatida 12 844 nafarni tashkil etadi. Bu holat respublika ko‘rsatkichiga nisbatan yuqoridir.
Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar jami 7 406 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan uy-joy bilan ta’minlangan xotin-qizlar soni 922 nafar, uy-joy olishga tavsiya berilgan xotin-qizlar soni 3 417 nafarni tashkil etmoqda.
Hozirda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish rejasi ishlab chiqilgan hamda hayotga tatbiq etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter