Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosniya mojarosi: Xorvatiyalik ayol urush paytidagi jinoyatlari uchun 14 yilga qamaldi

Bosniya mojarosi: Xorvatiyalik ayol urush paytidagi jinoyatlari uchun 14 yilga qamaldi

Azra Basik

Foto: AP

Xorvatiyalik sobiq harbiy ayol Azra Basik 27-dekabr kuni Sarayevo sudi tomonidan 1990-yillardagi Bosniya urushida qilgan jinoyatlari uchun 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Fransiyaning «Le Monde» nashri xabar bermoqda.

58 yoshli Azra Basik Bosniyada 1992—1995-yillarda yuz bergan, 100 ming kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan millatlararo urushdan so‘ng AQShga ko‘chib ketgan edi. Bosniya sudi talabi bilan u 2011 yili hibsga olingan va 2016 yilning oxirida AQShdan Bosniyaga ekstraditsiya qilingan. Shu yilning yanvar oyidan buyon davom etgan tergov natijalariga ko‘ra, 1992-yili Derventa shahrida mahalliy serblarga qarshi qilgan jinoyatlari uchun aybdor deb topilgan.

Azra Basikdan tashqari yana o‘nlab ayol javobgarlikka tortilgan. Eng og‘ir jazoni esa Azra Basik o‘tashi kerak bo‘ladi. U va boshqa ayollar urushda asir tushganlarga nisbatan turli xil qiynoqlar qo‘llashgan, jumladan, asirlar yelkalari va peshonalariga «xoch» rasmini pichoq bilan o‘yib yozishgan.

Ushbu mojaroda ishtirok etgan ayollarning eng mashhuri sobiq vitse-prezident — 87 yoshli Bilyana Plavsik hisoblanadi. U sobiq Yugoslaviya ishi bo‘yicha Xalqaro sudda sudlanagan yagona ayoldir. U 2003-yili o‘z aybiga iqror bo‘lganidan keyin 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Bosniya va Gersogovinadagi bu urush 1992 yil 6 aprelda endigina mustaqilligini e’lon qilgan Bosniya davlatiga serb harbiylarining hujumidan so‘ng boshlanib, 1995-yil 14-dekabr kungi Deyton bitimi bilan o‘z nihoyasiga yetgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring