Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda yangi imkoniyatlarni kashf etmoqda

Xorijiy sayyohlar O‘zbekistonda yangi imkoniyatlarni kashf etmoqda

«Travel Tomorrow» portalida «O‘zbekiston yangi Arda Xiva sayyohlik majmuasini ochmoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi. Unda bunday inshootlarning sayyohlarni jalb qilish va mintaqada turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlangan.

Nashrda qayd etilishicha, 2024 yilda tarixiy Xiva shahridan atigi to‘rt kilometr masofada ochilgan majmua dam olish va ko‘ngilochar tadbirlar uchun betakror imkoniyatlar yaratmoqda. Majmua o‘zining go‘zal kanallari, mehmonxonalari va hunarmandchilik ustaxonalari bilan O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu nashr O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi, shuningdek, kam tanilgan hududlarga e’tiborni jalb etadi, potensial turistlar doirasini kengaytiradi va mamlakatning madaniy hamda tarixiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otadi. Portal o‘quvchilarga O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan faol dam olish imkoniyatlari, jumladan suv bog‘lari, hunarmandchilik ustaxonalari va boshqalar haqida ma’lumot beradi, bu esa turli toifadagi sayyohlar uchun keng ko‘lamli takliflarni namoyon etadi. Arda Xiva kabi innovatsion loyihalarning tavsifi nafaqat mahalliy diqqatga sazovor joylarning jozibadorligini ko‘rsatadi, balki infratuzilmaga sarmoya kiritish va turizmning barqaror o‘sishi uchun sharoit yaratishning muhimligini ham ta’kidlaydi. Bu O‘zbekistonning jahon xaritasida istiqbolli sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi obro‘sini mustahkamlashga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring