Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy kompaniya Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini qurishga kirishdi

Xorijiy kompaniya Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini qurishga kirishdi

Foto: Energetika vazirligi Matbuot xizmati

«Masdar» kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatining Karmana tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishiga kirishdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Quvvati 100 MVt bo‘lgan FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. U qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi bo‘ladi.

Qurilish maydonchasida ob’yekt qurilishi uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring