Xorijdan kelishda «yashil», «sariq» va «qizil» davlatlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan kirish bo‘yicha quyidagi tartib amal qilishi belgilandi:
- sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) – (oxirgi 10 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;
- koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar – evakuatsiya reyslari) – O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan fuqarolarni kirishi bo‘yicha toifaga ajratilgan davlatlar ro‘yxati tasdiqlandi hamda ushbu ro‘yxat har haftada yangilab borishi belgilandi.Mazkur ro‘yxatga asosan:
a) yashil reyslar sifatida – Xitoy Xalq Respublikasi, Tayland, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Latviya, Yaponiya;
b) sariq reyslar sifatida – Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno), Ozarbayjon;
v) qizil reyslar sifatida boshqa barcha davlatlar belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter