O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganligi haqida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, parvozlar 30-martdan haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq Gruziya O‘zbekiston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochgani xabar berilgandi.
Chegarada O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston fuqarolari safardan 72 soat oldin o‘tkazilgan PZR testi manfiy chiqqanligini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etishlari kerak. Gruziyada bo‘lgan vaqtlarining uchinchi kunida ular o‘z mablag‘lari hisobidan qayta tekshiruvdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter